وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ هُرْمُزَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ابْنِ بُحَيْنَةَ، أَنَّهُ قَالَ صَلَّى لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الظُّهْرَ فَقَامَ فِي اثْنَتَيْنِ وَلَمْ يَجْلِسْ فِيهِمَا فَلَمَّا قَضَى صَلاَتَهُ سَجَدَ سَجْدَتَيْنِ ثُمَّ سَلَّمَ بَعْدَ ذَلِكَ .
Abdurrahmon ibn Hurmuz (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Buhayna (roziyallohu anhu) aytdi: «Rasululloh ﷺ bizga peshin namozini oʻqib berdilar va ikki rakaatda oʻtirmasdan tik turib ketdilar. U zot namozini tugatgach, ikki sajda qildilar, soʻng shundan keyin salom berdilar». Molik namozida unutib, toʻrt rakaatni tugatgach (yana) turib qiroat qilgan, soʻng rukuga egilgan va rukudan boshini koʻtarganida (namozini) tugatganini eslagan kishi haqida aytdi: «U oʻtirgan holatga qaytadi va hech qanday sajda qilmaydi. Agar bir sajda qilib boʻlgan boʻlsa, ikkinchisini qilmasa kerak, deb oʻylayman. Soʻng namozi tugagach, salomdan keyin oʻtirgan holda ikki sajda qiladi».