حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ أَبِي عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، أَنَّ عَائِشَةَ، زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ أَهْدَى أَبُو جَهْمِ بْنُ حُذَيْفَةَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَمِيصَةً شَامِيَّةً لَهَا عَلَمٌ فَشَهِدَ فِيهَا الصَّلاَةَ فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " رُدِّي هَذِهِ الْخَمِيصَةَ إِلَى أَبِي جَهْمٍ فَإِنِّي نَظَرْتُ إِلَى عَلَمِهَا فِي الصَّلاَةِ فَكَادَ يَفْتِنُنِي " .
Alqama ibn Abu Alqama (rahimahulloh) onasidan rivoyat qiladiki, Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho) aytdi: «Abu Jahm ibn Huzayfa Rasululloh ﷺga Shomdan kelgan, naqshi (bezakli hoshiyasi) boʻlgan bir xamisa (jun toʻn) hadya qildi. U zot unda namoz oʻqidilar. Namozdan chiqqach: ‹Bu xamisani Abu Jahmga qaytarib bering. Chunki men namozda uning naqshiga qarab qoldim, u meni fitnaga (chalgʻishga) solayozdi›, dedilar».