وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ، أَنَّ رَجُلاً، مِنَ الأَنْصَارِ كَانَ يُصَلِّي فِي حَائِطٍ لَهُ بِالْقُفِّ - وَادٍ مِنْ أَوْدِيَةِ الْمَدِينَةِ - فِي زَمَانِ الثَّمَرِ وَالنَّخْلُ قَدْ ذُلِّلَتْ فَهِيَ مُطَوَّقَةٌ بِثَمَرِهَا فَنَظَرَ إِلَيْهَا فَأَعْجَبَهُ مَا رَأَى مِنْ ثَمَرِهَا ثُمَّ رَجَعَ إِلَى صَلاَتِهِ فَإِذَا هُوَ لاَ يَدْرِي كَمْ صَلَّى فَقَالَ لَقَدْ أَصَابَتْنِي فِي مَالِي هَذَا فِتْنَةٌ . فَجَاءَ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ - وَهُوَ يَوْمَئِذٍ خَلِيفَةٌ - فَذَكَرَ لَهُ ذَلِكَ وَقَالَ هُوَ صَدَقَةٌ فَاجْعَلْهُ فِي سُبُلِ الْخَيْرِ . فَبَاعَهُ عُثْمَانُ بْنُ عَفَّانَ بِخَمْسِينَ أَلْفًا فَسُمِّيَ ذَلِكَ الْمَالُ الْخَمْسِينَ .
Abdulloh ibn Abu Bakr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, ansorlardan bir kishi Madinaning vodiylaridan biri boʻlgan Quff degan joydagi oʻz bogʻida meva paytida namoz oʻqiyotgan edi. Xurmolar (shoxlari) egilib, mevasi bilan oʻralib turgan edi. U ularga qarab, mevalarining manzarasi uni hayratga soldi, soʻng namoziga qaytdi-yu, necha rakaat oʻqiganini bilmay qoldi. U: «Mana shu mol-mulkim sababli menga bir fitna yetdi», dedi. Soʻng oʻsha paytda xalifa boʻlgan Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) huzuriga kelib, buni unga aytdi va: «Bu (bogʻ) sadaqadir, uni yaxshilik yoʻllariga sarflang», dedi. Usmon ibn Affon uni ellik mingga sotdi va oʻsha mol ‹Ellik› deb ataldi.