وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ، أَنَّ أَبَا طَلْحَةَ الأَنْصَارِيَّ، كَانَ يُصَلِّي فِي حَائِطِهِ فَطَارَ دُبْسِيٌّ فَطَفِقَ يَتَرَدَّدُ يَلْتَمِسُ مَخْرَجًا فَأَعْجَبَهُ ذَلِكَ فَجَعَلَ يُتْبِعُهُ بَصَرَهُ سَاعَةً ثُمَّ رَجَعَ إِلَى صَلاَتِهِ فَإِذَا هُوَ لاَ يَدْرِي كَمْ صَلَّى فَقَالَ لَقَدْ أَصَابَتْنِي فِي مَالِي هَذَا فِتْنَةٌ . فَجَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرَ لَهُ الَّذِي أَصَابَهُ فِي حَائِطِهِ مِنَ الْفِتْنَةِ وَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ هُوَ صَدَقَةٌ لِلَّهِ فَضَعْهُ حَيْثُ شِئْتَ .
Abdulloh ibn Abu Bakr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Abu Talha al-Ansoriy (roziyallohu anhu) oʻz bogʻida namoz oʻqiyotgan edi, shunda bir yovvoyi kaptar (dubsi) uchib kirib, chiqish yoʻlini qidirib u yoqdan-bu yoqqa uchib yura boshladi. Bu unga yoqib, koʻzi bir muddat qushni kuzatib qoldi, soʻng namoziga qaytdi-yu, necha rakaat oʻqiganini bilmay qoldi. U: «Mana shu mol-mulkim sababli menga bir fitna yetdi», dedi. Soʻng Rasululloh ﷺ huzuriga kelib, bogʻida unga yetgan fitnani aytdi va: «Yo Rasululloh, bu (bogʻ) Alloh yoʻlida sadaqadir, uni xohlagan joyingizga sarflang», dedi.