وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، أَنَّهُ قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ وَأَنَا مَعَهُ عِنْدَ دَارِ الْقَضَاءِ يَسْأَلُهُ عَنْ رَضَاعَةِ الْكَبِيرِ فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَقَالَ إِنِّي كَانَتْ لِي وَلِيدَةٌ وَكُنْتُ أَطَؤُهَا فَعَمَدَتِ امْرَأَتِي إِلَيْهَا فَأَرْضَعَتْهَا فَدَخَلْتُ عَلَيْهَا فَقَالَتْ دُونَكَ فَقَدْ وَاللَّهِ أَرْضَعْتُهَا . فَقَالَ عُمَرُ أَوْجِعْهَا وَأْتِ جَارِيتَكَ فَإِنَّمَا الرَّضَاعَةُ رَضَاعَةُ الصَّغِيرِ .
Abdulloh ibn Dinor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Bir kishi Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning oldiga keldi — men u bilan birga Dorul-qazo (qozilik joyi) yonida edim — undan katta (yoshli)ni emizish haqida soʻrardi. Abdulloh ibn Umar dedi: ‹Bir kishi Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga kelib: «Mening bir joriyam bor edi, men unga yaqinlik qilardim. Xotinim uning oldiga borib, uni emizib qoʻyibdi. Men (joriya)ning oldiga kirsam, xotinim: ‹Toʻxta! Allohga qasamki, men uni emizdim›, dedi», dedi. Shunda Umar: «Xotiningni jazola va joriyangga (bemalol) yaqinlik qil, chunki (hukmga taʼsir qiluvchi) emizish faqat kichik (chaqaloq)ni emizishdir», dedi›».