وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ صَفِيَّةَ بِنْتِ أَبِي عُبَيْدٍ، أَنَّهَا أَخْبَرَتْهُ أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ قَالَ مَا بَالُ رِجَالٍ يَطَئُونَ وَلاَئِدَهُمْ ثُمَّ يَدَعُوهُنَّ يَخْرُجْنَ لاَ تَأْتِينِي وَلِيدَةٌ يَعْتَرِفُ سَيِّدُهَا أَنْ قَدْ أَلَمَّ بِهَا إِلاَّ قَدْ أَلْحَقْتُ بِهِ وَلَدَهَا فَأَرْسِلُوهُنَّ بَعْدُ أَوْ أَمْسِكُوهُنَّ . قَالَ يَحْيَى سَمِعْتُ مَالِكًا يَقُولُ الأَمْرُ عِنْدَنَا فِي أُمِّ الْوَلَدِ إِذَا جَنَتْ جِنَايَةً ضَمِنَ سَيِّدُهَا مَا بَيْنَهَا وَبَيْنَ قِيمَتِهَا وَلَيْسَ لَهُ أَنْ يُسَلِّمَهَا وَلَيْسَ عَلَيْهِ أَنْ يَحْمِلَ مِنْ جِنَايَتِهَا أَكْثَرَ مِنْ قِيمَتِهَا .
Molik menga Nofeʼdan, u Safiyya bint Abu Ubayddan rivoyat qilishicha, u (Safiyya) unga xabar berdiki, Umar ibn al-Xattob: «Ayrim kishilarga nima boʻlyaptiki, oʻz choʻrilariga yaqinlik qiladilar, soʻng ularni (talab qilmay) chiqib ketishlariga qoʻyib beradilar? Menga qaysi bir choʻri kelsa-yu, uning xoʻjayini unga yaqinlik qilganini eʼtirof etsa, men albatta uning bolasini oʻshanga qoʻshaman. Shundan keyin xohlasangiz ularni qoʻyib yuboringlar, xohlasangiz ushlab qolinglar», dedi. Yahyo aytdi: Men Molikning shunday deganini eshitdim: «Bizning oldimizda ummul-valad (xoʻjayinidan bola koʻrgan choʻri) bir jinoyat qilsa, uning xoʻjayini uning (jinoyati miqdori) bilan qiymati oʻrtasidagi (kamrogʻini) toʻlaydi. Uning oʻzini (jabrlanganga) topshirishga haqqi yoʻq, uning jinoyati uchun qiymatidan koʻprogʻini koʻtarish ham uning zimmasiga yuklanmaydi».