وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ رَجُلاً، وَجَدَ لُقَطَةً فَجَاءَ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ فَقَالَ لَهُ إِنِّي وَجَدْتُ لُقَطَةً فَمَاذَا تَرَى فِيهَا فَقَالَ لَهُ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ عَرِّفْهَا . قَالَ قَدْ فَعَلْتُ . قَالَ زِدْ . قَالَ قَدْ فَعَلْتُ . فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ لاَ آمُرُكَ أَنْ تَأْكُلَهَا وَلَوْ شِئْتَ لَمْ تَأْخُذْهَا .
Molik menga Nofeʼdan rivoyat qilishicha, bir kishi bir luqatani topib oldi va Abdulloh ibn Umarning oldiga kelib: «Men bir luqata topib oldim, bu haqda nima deysiz?» dedi. Abdulloh ibn Umar unga: «Uni eʼlon qil», dedi. U: «Eʼlon qildim», dedi. (Ibn Umar): «Yana (koʻproq) qil», dedi. U: «Qildim», dedi. Shunda Abdulloh: «Men senga uni yeyishingni buyurmayman. Xohlaganingda uni olmasliging (ham) mumkin edi», dedi.