وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عُمَرَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ دَلاَفٍ الْمُزَنِيِّ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَجُلاً، مِنْ جُهَيْنَةَ كَانَ يَسْبِقُ الْحَاجَّ فَيَشْتَرِي الرَّوَاحِلَ فَيُغْلِي بِهَا ثُمَّ يُسْرِعُ السَّيْرَ فَيَسْبِقُ الْحَاجَّ فَأَفْلَسَ فَرُفِعَ أَمْرُهُ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَقَالَ أَمَّا بَعْدُ أَيُّهَا النَّاسُ فَإِنَّ الأُسَيْفِعَ أُسَيْفِعَ جُهَيْنَةَ رَضِيَ مِنْ دِينِهِ وَأَمَانَتِهِ بِأَنْ يُقَالَ سَبَقَ الْحَاجَّ أَلاَ وَإِنَّهُ قَدْ دَانَ مُعْرِضًا فَأَصْبَحَ قَدْ رِينَ بِهِ فَمَنْ كَانَ لَهُ عَلَيْهِ دَيْنٌ فَلْيَأْتِنَا بِالْغَدَاةِ نَقْسِمُ مَالَهُ بَيْنَهُمْ وَإِيَّاكُمْ وَالدَّيْنَ فَإِنَّ أَوَّلَهُ هَمٌّ وَآخِرَهُ حَرْبٌ .
Molik menga Umar ibn Abdurahmon ibn Daloʼf al-Muzaniydan, u otasidan rivoyat qilishicha, Juhayna (qabilasi)dan boʻlgʻan bir kishi hoji(lar)dan oldin (yoʻlga chiqib), ulov-tuyalarni sotib olar, ularni qimmatga qoʻyib (sotardi), soʻng tez yurib, hojilardan oldin (Makkaga) yetib borardi. Oxiri u sinib (qarzga botib), muflis boʻldi. Uning ishi Umar ibn al-Xattobga koʻtarildi. Umar: «Ammo baʼd, ey odamlar! Usayfiʼ — Juhaynaning Usayfiʼsi — oʻz dini va omonatidan koʻra, ‹u hojilardan oldin yetib bordi› deb aytilishiga rozi boʻldi. Ogoh boʻlingki, u (toʻlashga) qasd qilmagan holda qarz olib, natijada qarzga botib qoldi. Kimning undan haqqi (qarzi) boʻlsa, ertaga bizning oldimizga kelsin, uning molini ular (qarzdorlar) oʻrtasida taqsimlaymiz. Qarzdan ehtiyot boʻlinglar! Chunki uning avvali gʻam, oxiri esa urush (halokat)dir», dedi.