حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي عَمْرَةَ الأَنْصَارِيِّ، أَنَّ أُمَّهُ، أَرَادَتْ أَنْ تُوصِيَ ثُمَّ أَخَّرَتْ ذَلِكَ إِلَى أَنْ تُصْبِحَ فَهَلَكَتْ وَقَدْ كَانَتْ هَمَّتْ بِأَنْ تُعْتِقَ فَقَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ فَقُلْتُ لِلْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ أَيَنْفَعُهَا أَنْ أُعْتِقَ عَنْهَا فَقَالَ الْقَاسِمُ إِنَّ سَعْدَ بْنَ عُبَادَةَ قَالَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِنَّ أُمِّي هَلَكَتْ فَهَلْ يَنْفَعُهَا أَنْ أُعْتِقَ عَنْهَا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " نَعَمْ " .
Molik menga Abdurrahmon ibn Abu Amra al-Ansoriydan (rivoyat qildi): Uning onasi vasiyat qilmoqchi boʻlib, buni tongga qoldirdi va (tongdan avval) vafot etdi. U (bir qulni) ozod qilmoqchi ham boʻlgan edi. Abdurrahmon aytdi: «Men Qosim ibn Muhammadga: ‹Men uning nomidan (qul) ozod qilsam, unga foyda beradimi?› dedim. Qosim: ‹Saʼd ibn Uboda (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺ ga: ‹Onam vafot etdi, men uning nomidan (qul) ozod qilsam, unga foyda beradimi?› deganida, Rasululloh ﷺ: ‹Ha›, dedilar›, dedi».