وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ تُوُفِّيَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ أَبِي بَكْرٍ فِي نَوْمٍ نَامَهُ فَأَعْتَقَتْ عَنْهُ عَائِشَةُ زَوْجُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رِقَابًا كَثِيرَةً . قَالَ مَالِكٌ وَهَذَا أَحَبُّ مَا سَمِعْتُ إِلَىَّ فِي ذَلِكَ .
Molik Yahyo ibn Saʼid (rahimahulloh)dan rivoyat qiladi, u dedi: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr (roziyallohu anhu) uyqusida vafot etdi. Shunda Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho) uning nomidan koʻplab qullarni ozod qildi». Molik aytdi: «Bu masalada eshitganlarim ichida menga eng maʼqul boʻlgani shu (amal)dir».