وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عَمْرَةَ بِنْتِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّ بَرِيرَةَ، جَاءَتْ تَسْتَعِينُ عَائِشَةَ أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ فَقَالَتْ عَائِشَةُ إِنْ أَحَبَّ أَهْلُكِ أَنْ أَصُبَّ لَهُمْ ثَمَنَكِ صَبَّةً وَاحِدَةً وَأُعْتِقَكِ فَعَلْتُ . فَذَكَرَتْ ذَلِكَ بَرِيرَةُ لأَهْلِهَا فَقَالُوا لاَ إِلاَّ أَنْ يَكُونَ لَنَا وَلاَؤُكِ . قَالَ يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ فَزَعَمَتْ عَمْرَةُ أَنَّ عَائِشَةَ ذَكَرَتْ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اشْتَرِيهَا وَأَعْتِقِيهَا فَإِنَّمَا الْوَلاَءُ لِمَنْ أَعْتَقَ " .
Amra bint Abdurrahmon (rahimahalloh)dan rivoyat qilinadiki, Barira moʻminlar onasi Oisha (roziyallohu anho)dan yordam soʻrab keldi. Shunda Oisha: «Agar egalaring narxingni bir yoʻla toʻlab, seni ozod qilishimni yoqtirsalar, men shuni qilaman», dedi. Barira buni oʻz egalariga aytdi. Ular esa: «Yoʻq, faqat valo (voris huquqi) bizga tegishli boʻlsagina», dedilar. Yahyo ibn Said aytdiki, Amra shunday deb gapirdi: Oisha buni Rasululloh ﷺga zikr qildi, shunda Rasululloh ﷺ: «Uni sotib olib, ozod qilaver. Zero valo faqat ozod qilgan kishiga tegishlidir», dedilar.