وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ، أُتِيَ بِامْرَأَةٍ قَدْ وَلَدَتْ فِي سِتَّةِ أَشْهُرٍ فَأَمَرَ بِهَا أَنْ تُرْجَمَ فَقَالَ عَلِيُّ بْنُ أَبِي طَالِبٍ لَيْسَ ذَلِكَ عَلَيْهَا إِنَّ اللَّهَ تَبَارَكَ وَتَعَالَى يَقُولُ فِي كِتَابِهِ {وَحَمْلُهُ وَفِصَالُهُ ثَلاَثُونَ شَهْرًا} وَقَالَ {وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلاَدَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ لِمَنْ أَرَادَ أَنْ يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ} فَالْحَمْلُ يَكُونُ سِتَّةَ أَشْهُرٍ فَلاَ رَجْمَ عَلَيْهَا . فَبَعَثَ عُثْمَانُ بْنُ عَفَّانَ فِي أَثَرِهَا فَوَجَدَهَا قَدْ رُجِمَتْ .
Molikka yetib kelishicha, Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning oldiga olti oyda tugʻib qoʻygan bir ayol keltirildi. U ayolni rajm qilishga buyurdi. Shunda Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): «Bu unga (vojib) emas. Zero, Alloh taboraka va taolo Kitobida: {Uni (homilada) koʻtarish va (sutdan) ajratish — oʻttiz oydir} (Ahqof 15), deydi; yana: {Onalar farzandlarini toʻliq ikki yil emizadilar — kim emizishni komil qilishni istasa} (Baqara 233), deydi. Demak, homila olti oy boʻlishi mumkin, shunday ekan, unga rajm yoʻq», dedi. Shunda Usmon ibn Affon uning ortidan (kishi) yubordi, biroq uni allaqachon rajm qilingan holda topdi.