حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، أَنَّ رَجُلاً، اعْتَرَفَ عَلَى نَفْسِهِ بِالزِّنَا عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَدَعَا لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِسَوْطٍ فَأُتِيَ بِسَوْطٍ مَكْسُورٍ فَقَالَ " فَوْقَ هَذَا " . فَأُتِيَ بِسَوْطٍ جَدِيدٍ لَمْ تُقْطَعْ ثَمَرَتُهُ فَقَالَ " دُونَ هَذَا " . فَأُتِيَ بِسَوْطٍ قَدْ رُكِبَ بِهِ وَلاَنَ فَأَمَرَ بِهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَجُلِدَ ثُمَّ قَالَ " أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ آنَ لَكُمْ أَنْ تَنْتَهُوا عَنْ حُدُودِ اللَّهِ مَنْ أَصَابَ مِنْ هَذِهِ الْقَاذُورَاتِ شَيْئًا فَلْيَسْتَتِرْ بِسِتْرِ اللَّهِ فَإِنَّهُ مَنْ يُبْدِي لَنَا صَفْحَتَهُ نُقِمْ عَلَيْهِ كِتَابَ اللَّهِ " .
Zayd ibn Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺ zamonlarida oʻz-oʻziga qarshi zino qilganini iqror boʻldi. Shunda Rasululloh ﷺ (uni savalash uchun) qamchi soʻradilar. Singan bir qamchi keltirildi. U zot: «Bundan yaxshirogʻini», dedilar. Soʻng tugunlari hali kesilmagan yangi qamchi keltirildi. U zot: «Bundan pastrogʻini», dedilar. Soʻng ishlatilib, yumshab qolgan bir qamchi keltirildi. Rasululloh ﷺ buyurdilar va u savalandi. Soʻng u zot: «Ey odamlar, Allohning hadlaridan (haddan oshishdan) tiyilishingiz vaqti keldi. Kim mana shu iflosliklardan biror narsani qilib qoʻygan boʻlsa, Allohning pardasi bilan (oʻzini) yashirsin. Zero, kim bizga oʻz yuzini (fosh qilib) koʻrsatsa, biz unga Allohning Kitobi (hukmi)ni ijro qilamiz», dedilar.