حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ صَفِيَّةَ بِنْتَ أَبِي عُبَيْدٍ، أَخْبَرَتْهُ أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ أُتِيَ بِرَجُلٍ قَدْ وَقَعَ عَلَى جَارِيَةٍ بِكْرٍ فَأَحْبَلَهَا ثُمَّ اعْتَرَفَ عَلَى نَفْسِهِ بِالزِّنَا وَلَمْ يَكُنْ أَحْصَنَ فَأَمَرَ بِهِ أَبُو بَكْرٍ فَجُلِدَ الْحَدَّ ثُمَّ نُفِيَ إِلَى فَدَكَ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Safiyya bint Abu Ubayd (rahimahalloh) unga xabar berishicha, Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu)ning oldiga bokira choʻri bilan zino qilib, uni homilador qilib qoʻygan bir kishi keltirildi. U (kishi) oʻziga zino qilganini iqror boʻldi, muhsan ham emas edi. Shunda Abu Bakr uni had (jazosi) bilan savalashga buyurdi, soʻng Fadakka surgun qildi.