حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنِ السَّائِبِ بْنِ يَزِيدَ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرِو بْنِ الْحَضْرَمِيِّ، جَاءَ بِغُلاَمٍ لَهُ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَقَالَ لَهُ اقْطَعْ يَدَ غُلاَمِي هَذَا فَإِنَّهُ سَرَقَ . فَقَالَ لَهُ عُمَرُ مَاذَا سَرَقَ فَقَالَ سَرَقَ مِرْآةً لاِمْرَأَتِي ثَمَنُهَا سِتُّونَ دِرْهَمًا . فَقَالَ عُمَرُ أَرْسِلْهُ فَلَيْسَ عَلَيْهِ قَطْعٌ خَادِمُكُمْ سَرَقَ مَتَاعَكُمْ .
Ibn Shihob (rahimahulloh) Soib ibn Yaziddan rivoyat qilishicha, Abdulloh ibn Amr al-Hazramiy oʻzining bir gʻulomini Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga keltirib, unga: «Mening bu gʻulomimning qoʻlini kes, chunki u oʻgʻirlik qildi», dedi. Umar unga: «U nima oʻgʻirladi?» dedi. U: «Xotinimning oynasini oʻgʻirladi, narxi oltmish dirham», dedi. Umar: «Uni qoʻyib yubor, unga kesish yoʻq. Xizmatchingiz oʻzingizning molingizni oʻgʻirlabdi», dedi.