وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّ مَرْوَانَ بْنَ الْحَكَمِ، أُتِيَ بِإِنْسَانٍ قَدِ اخْتَلَسَ مَتَاعًا فَأَرَادَ قَطْعَ يَدِهِ فَأَرْسَلَ إِلَى زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ يَسْأَلُهُ عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ لَيْسَ فِي الْخُلْسَةِ قَطْعٌ .
Ibn Shihob (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Marvon ibn al-Hakamning oldiga mol tortib qochgan (oʻmaruvchi) bir kishi keltirildi, u (Marvon) uning qoʻlini kesmoqchi boʻldi. Soʻng bu haqda soʻrash uchun Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)ga (odam) yubordi. Zayd ibn Sobit: «Tortib qochish (xulsa) uchun kesish yoʻq», dedi.