وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ ثَوْرِ بْنِ زَيْدٍ الدِّيلِيِّ، أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، اسْتَشَارَ فِي الْخَمْرِ يَشْرَبُهَا الرَّجُلُ فَقَالَ لَهُ عَلِيُّ بْنُ أَبِي طَالِبٍ نَرَى أَنْ تَجْلِدَهُ ثَمَانِينَ فَإِنَّهُ إِذَا شَرِبَ سَكِرَ وَإِذَا سَكِرَ هَذَى وَإِذَا هَذَى افْتَرَى . أَوْ كَمَا قَالَ فَجَلَدَ عُمَرُ فِي الْخَمْرِ ثَمَانِينَ .
Savr ibn Zayd ad-Diliy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) kishi ichadigan xamr haqida maslahat soʻradi. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) unga: «Biz uni sakson (darra) savalashing (kerak) deb bilamiz; chunki u ichsa mast boʻladi, mast boʻlsa alahsiraydi, alahsirasa (odamlarga) tuhmat qiladi», dedi — yoki u aytganidek. Shunda Umar xamr uchun sakson (darra) savaladi.