وَحَدَّثَنِي عَنِ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّهُ سُئِلَ عَنْ حَدِّ الْعَبْدِ، فِي الْخَمْرِ فَقَالَ بَلَغَنِي أَنَّ عَلَيْهِ نِصْفَ حَدِّ الْحُرِّ فِي الْخَمْرِ وَأَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ وَعُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ وَعَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ قَدْ جَلَدُوا عَبِيدَهُمْ نِصْفَ حَدِّ الْحُرِّ فِي الْخَمْرِ .
Ibn Shihob (rahimahulloh)dan qulning xamr (ichgani) uchun hadi haqida soʻralganda, u: «Menga yetib kelishicha, unga xamr (ichgani) uchun ozod kishining hadining yarmi (boʻladi); Umar ibn al-Xattob, Usmon ibn Affon va Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhum) oʻz qullarini xamr (ichgani) uchun ozod kishi hadining yarmi bilan savalaganlar», dedi.