حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنِ ابْنِ وَعْلَةَ الْمِصْرِيِّ، . أَنَّهُ سَأَلَ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ عَمَّا يُعْصَرُ مِنَ الْعِنَبِ فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ أَهْدَى رَجُلٌ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَاوِيَةَ خَمْرٍ فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ اللَّهَ حَرَّمَهَا " . قَالَ لاَ . فَسَارَّهُ رَجُلٌ إِلَى جَنْبِهِ . فَقَالَ لَهُ صلى الله عليه وسلم " بِمَ سَارَرْتَهُ " . فَقَالَ أَمَرْتُهُ أَنْ يَبِيعَهَا . فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ الَّذِي حَرَّمَ شُرْبَهَا حَرَّمَ بَيْعَهَا " . فَفَتَحَ الرَّجُلُ الْمَزَادَتَيْنِ حَتَّى ذَهَبَ مَا فِيهِمَا .
Zayd ibn Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Ibn Vaʼla al-Misriy Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan uzumdan siqib olinadigan (ichimlik) haqida soʻradi. Ibn Abbos: «Bir kishi Rasululloh ﷺga bir meshkob xamrni hadya qildi. Rasululloh ﷺ unga: ‹Alloh uni harom qilganini bilmaysanmi?› dedilar. U: ‹Yoʻq›, dedi. Soʻng yonidagi bir kishi unga (nimadir) shivirladi. U zot ﷺ (haligi kishiga): ‹Unga nima shivirlading?› dedilar. U: ‹Uni sotishga buyurdim›, dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: ‹Uni ichishni harom qilgan Zot, uni sotishni ham harom qildi›, dedilar. Shunda haligi kishi ikkala meshni ochib, ichidagi (xamr) tamom boʻlguncha (toʻkib yubordi)», dedi.