وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّهُ قَالَ كُنْتُ أَسْقِي أَبَا عُبَيْدَةَ بْنَ الْجَرَّاحِ وَأَبَا طَلْحَةَ الأَنْصَارِيَّ وَأُبَىَّ بْنَ كَعْبٍ شَرَابًا مِنْ فَضِيخٍ وَتَمْرٍ - قَالَ - فَجَاءَهُمْ آتٍ فَقَالَ إِنَّ الْخَمْرَ قَدْ حُرِّمَتْ . فَقَالَ أَبُو طَلْحَةَ يَا أَنَسُ قُمْ إِلَى هَذِهِ الْجِرَارِ فَاكْسِرْهَا . قَالَ فَقُمْتُ إِلَى مِهْرَاسٍ لَنَا فَضَرَبْتُهَا بِأَسْفَلِهِ حَتَّى تَكَسَّرَتْ .
Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) shunday dedi: «Men Abu Ubayda ibn al-Jarroh, Abu Talha al-Ansoriy va Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhum)ga fazix (ezilgan gʻoʻra xurmo) va (quruq) xurmodan (tayyorlangan) ichimlikni tutib turardim. Shu payt ularning oldiga bir keluvchi kelib: ‹Xamr harom qilindi!› dedi. Abu Talha: ‹Ey Anas, mana bu xumlarga borib, ularni sindir!› dedi. Men esa bizning bir kelisak (oshxoʻra)imizga borib, uning tagi bilan urib, ularni sindirdim».