وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رِجَالاً، مِنْ أَهْلِ الْعِرَاقِ قَالُوا لَهُ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ إِنَّا نَبْتَاعُ مِنْ ثَمَرِ النَّخْلِ وَالْعِنَبِ فَنَعْصِرُهُ خَمْرًا فَنَبِيعُهَا . فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ إِنِّي أُشْهِدُ اللَّهَ عَلَيْكُمْ وَمَلاَئِكَتَهُ وَمَنْ سَمِعَ مِنَ الْجِنِّ وَالإِنْسِ أَنِّي لاَ آمُرُكُمْ أَنْ تَبِيعُوهَا وَلاَ تَبْتَاعُوهَا وَلاَ تَعْصِرُوهَا وَلاَ تَشْرَبُوهَا وَلاَ تَسْقُوهَا فَإِنَّهَا رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Iroq ahlidan baʼzi kishilar unga (Ibn Umarga): «Ey Abu Abdurrahmon, biz xurmo va uzum mevasini sotib olib, uni siqib xamr qilamiz va sotamiz», dedilar. Shunda Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo): «Men Allohni, Uning farishtalarini va jin-u insdan eshitgan (barcha)ni sizlarga qarshi guvoh qilamanki, men sizlarni uni sotishga ham, sotib olishga ham, siqishga ham, ichishga ham, (birovga) ichirishga ham buyurmayman; zero, u — shaytonning ishidan (boʻlgan) najosatdir», dedi.