وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ مَرْوَانَ بْنَ الْحَكَمِ، كَتَبَ إِلَى مُعَاوِيَةَ بْنِ أَبِي سُفْيَانَ أَنَّهُ أُتِيَ بِمَجْنُونٍ قَتَلَ رَجُلاً . فَكَتَبَ إِلَيْهِ مُعَاوِيَةُ أَنِ اعْقِلْهُ وَلاَ تُقِدْ مِنْهُ فَإِنَّهُ لَيْسَ عَلَى مَجْنُونٍ قَوَدٌ . قَالَ مَالِكٌ فِي الْكَبِيرِ وَالصَّغِيرِ إِذَا قَتَلاَ رَجُلاً جَمِيعًا عَمْدًا أَنَّ عَلَى الْكَبِيرِ أَنْ يُقْتَلَ وَعَلَى الصَّغِيرِ نِصْفُ الدِّيَةِ . قَالَ مَالِكٌ وَكَذَلِكَ الْحُرُّ وَالْعَبْدُ يَقْتُلاَنِ الْعَبْدَ فَيُقْتَلُ الْعَبْدُ وَيَكُونُ عَلَى الْحُرِّ نِصْفُ قِيمَتِهِ .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Marvon ibn al-Hakam Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu)ga xat yozib, oldiga bir kishini oʻldirgan majnun (aqli noraso) keltirilganini (bildirdi). Muoviya unga: «Uning (diyasini) toʻla va undan qasos olma; zero, majnunga qasos yoʻq», deb yozdi. Molik katta (balogʻatga yetgan) va kichik (bola) haqida — ikkovi bir kishini qasddan birga oʻldirsa —: «Kattasi oʻldiriladi, kichigiga esa diyaning yarmi (toʻlash vojib) boʻladi», dedi. Molik aytdi: «Ozod kishi va qul bir qulni oʻldirsalar ham shunday — qul oʻldiriladi, ozod kishiga esa uning (oʻldirilgan qulning) qiymatining yarmi (toʻlash) boʻladi».