حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عِرَاكِ بْنِ مَالِكٍ، وَسُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ رَجُلاً، مِنْ بَنِي سَعْدِ بْنِ لَيْثٍ أَجْرَى فَرَسًا فَوَطِئَ عَلَى إِصْبَعِ رَجُلٍ مِنْ جُهَيْنَةَ فَنُزِيَ مِنْهَا فَمَاتَ . فَقَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ لِلَّذِي ادُّعِيَ عَلَيْهِمْ أَتَحْلِفُونَ بِاللَّهِ خَمْسِينَ يَمِينًا مَا مَاتَ مِنْهَا فَأَبَوْا وَتَحَرَّجُوا وَقَالَ لِلآخَرِينَ أَتَحْلِفُونَ أَنْتُمْ فَأَبَوْا فَقَضَى عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ بِشَطْرِ الدِّيَةِ عَلَى السَّعْدِيِّينَ . قَالَ مَالِكٌ وَلَيْسَ الْعَمَلُ عَلَى هَذَا .
Irok ibn Molik va Sulaymon ibn Yasordan rivoyat qilinadiki, Banu Saʼd ibn Lays qabilasidan bir kishi otini choptirib, Juhayna qabilasidan bir kishining barmogʻini bosib oldi. Barmoq qonab ketib, u kishi vafot etdi. Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) daʼvo qilingan (Saʼd qabilasi)ga: «Uning shu (jarohat) sababli oʻlmaganiga Alloh nomi bilan ellik marta qasam ichasizlarmi?» dedi. Ular (gunohdan qoʻrqib) bosh tortdilar. Soʻng boshqalarga (daʼvogarlarga): «Sizlar qasam ichasizlarmi?» dedi. Ular ham bosh tortdilar. Shunda Umar ibn al-Xattob Saʼd qabilasi zimmasiga diyaning yarmini hukm qildi. Molik aytdi: «Amal bunga (koʻra) emas».