وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ امْرَأَتَيْنِ، مِنْ هُذَيْلٍ رَمَتْ إِحْدَاهُمَا الأُخْرَى فَطَرَحَتْ جَنِينَهَا فَقَضَى فِيهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ وَلِيدَةٍ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Huzayl qabilasidan boʻlgan ikki ayolning biri ikkinchisiga (tosh) otib, uning homilasini tushirib yubordi. Shunda Rasululloh ﷺ uning (homilasi) haqida gʻurra — bir qul yoki bir choʻri (berilishini) hukm qildilar.