وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَضَى فِي الْجَنِينَ يُقْتَلُ فِي بَطْنِ أُمِّهِ بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ وَلِيدَةٍ فَقَالَ الَّذِي قُضِيَ عَلَيْهِ كَيْفَ أَغْرَمُ مَا لاَ شَرِبَ وَلاَ أَكَلْ وَلاَ نَطَقَ وَلاَ اسْتَهَلّ وَمِثْلُ ذَلِكَ بَطَلْ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّمَا هَذَا مِنْ إِخْوَانِ الْكُهَّانِ " .
Said ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ onasining qornida oʻldirilgan homila haqida gʻurra — bir qul yoki bir choʻri (berilishini) hukm qildilar. Shunda hukm chiqarilgan (toʻlashi kerak boʻlgan) kishi: «Ichmagan, yemagan, gapirmagan va (tugʻilib) ovoz chiqarmagan (jon) uchun qanday toʻlov toʻlayman? Bunday narsa botil (behuda)-ku!» dedi. Rasululloh ﷺ: «Bu — kohinlarning birodarlaridan biri, xolos», dedilar.