وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ رَبِيعَةَ بْنِ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ الْغُرَّةُ تُقَوَّمُ خَمْسِينَ دِينَارًا أَوْ سِتَّمِائَةِ دِرْهَمٍ وَدِيَةُ الْمَرْأَةِ الْحُرَّةِ الْمُسْلِمَةِ خَمْسُمِائَةِ دِينَارٍ أَوْ سِتَّةُ آلاَفِ دِرْهَمٍ . قَالَ مَالِكٌ فَدِيَةُ جَنِينِ الْحُرَّةِ عُشْرُ دِيَتِهَا وَالْعُشْرُ خَمْسُونَ دِينَارًا أَوْ سِتُّمِائَةِ دِرْهَمٍ . قَالَ مَالِكٌ وَلَمْ أَسْمَعْ أَحَدًا يُخَالِفُ فِي أَنَّ الْجَنِينَ لاَ تَكُونُ فِيهِ الْغُرَّةُ حَتَّى يُزَايِلَ بَطْنَ
Robiʼa ibn Abu Abdurrahmon (rahimahulloh) shunday der edi: «Gʻurra ellik dinor yoki olti yuz dirhamga baholanadi. Ozod musulmon ayolning diyasi besh yuz dinor yoki olti ming dirhamdir». Molik aytdi: «Ozod ayol homilasining diyasi uning diyasining oʻndan biridir, oʻndan bir esa ellik dinor yoki olti yuz dirhamdir». Molik aytdi: «Homila onasining qornidan ajralib chiqmagunicha unda gʻurra boʻlmasligi (haqida) hech kim ixtilof qilganini eshitmadim».