وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ سُلَيْمَانَ بْنَ يَسَارٍ، كَانَ يَقُولُ دِيَةُ الْمَجُوسِيِّ ثَمَانِي مِائَةِ دِرْهَمٍ . قَالَ مَالِكٌ وَهُوَ الأَمْرُ عِنْدَنَا . قَالَ مَالِكٌ وَجِرَاحُ الْيَهُودِيِّ وَالنَّصْرَانِيِّ وَالْمَجُوسِيِّ فِي دِيَاتِهِمْ عَلَى حِسَابِ جِرَاحِ الْمُسْلِمِينَ فِي دِيَاتِهِمُ الْمُوضِحَةُ نِصْفُ عُشْرِ دِيَتِهِ وَالْمَأْمُومَةُ ثُلُثُ دِيَتِهِ وَالْجَائِفَةُ ثُلُثُ دِيَتِهِ فَعَلَى حِسَابِ ذَلِكَ جِرَاحَاتُهُمْ كُلُّهَا .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh): «Majusiy (otashparast)ning diyasi sakkiz yuz dirhamdir», der edi. Molik aytdi: «Bizdagi amal shudir». Molik aytdi: «Yahudiy, nasroniy va majusiyning jarohatlari ularning diyalarida musulmonlarning jarohatlari oʻz diyalaridagi hisob boʻyichadir: muvziha uning diyasining oʻndan birining yarmi, maʼmuma diyasining uchdan biri, joifa diyasining uchdan biri; ularning barcha jarohatlari shu hisob boʻyichadir».