وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، أَنَّ رَجُلاً، مِنْ بَنِي مُدْلِجٍ - يُقَالُ لَهُ قَتَادَةُ - حَذَفَ ابْنَهُ بِالسَّيْفِ فَأَصَابَ سَاقَهُ فَنُزِيَ فِي جُرْحِهِ فَمَاتَ فَقَدِمَ سُرَاقَةُ بْنُ جُعْشُمٍ عَلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ لَهُ عُمَرُ اعْدُدْ عَلَى مَاءِ قُدَيْدٍ عِشْرِينَ وَمِائَةَ بَعِيرٍ حَتَّى أَقْدَمَ عَلَيْكَ فَلَمَّا قَدِمَ إِلَيْهِ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ أَخَذَ مِنْ تِلْكَ الإِبِلِ ثَلاَثِينَ حِقَّةً وَثَلاَثِينَ جَذَعَةً وَأَرْبَعِينَ خَلِفَةً ثُمَّ قَالَ أَيْنَ أَخُو الْمَقْتُولِ قَالَ هَا أَنَا ذَا . قَالَ خُذْهَا فَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لَيْسَ لِقَاتِلٍ شَىْءٌ " .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan, u Amr ibn Shuayb (rahimahulloh)dan rivoyat qilishicha, Banu Mudlij (qabilasi)dan Qatoda deb atalgan bir kishi oʻgʻliga qilich (otib) urdi va uning boldiriga tegdi; (jarohat) qonab, u (oʻgʻil) vafot etdi. Suroqa ibn Juʼshum (roziyallohu anhu) Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga kelib, buni unga aytdi. Umar unga: «Qudayd suvi (boʻyi)da bir yuz yigirmata tuya sanab tur, oldingga kelgunimcha», dedi. Umar uning oldiga kelganida, oʻsha tuyalardan oʻttizta hiqqa (uch yoshli), oʻttizta jazaʼa (toʻrt yoshli) va qirqta xalifa (boʻgʻoz tuya) oldi. Soʻng: «Oʻldirilganning ukasi qani?» dedi. U: «Mana men», dedi. U (Umar): «Bularni ol, chunki Rasululloh ﷺ: ‹Qotilga hech narsa yoʻq›, deganlar», dedi.