وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ سَعِيدَ بْنَ الْمُسَيَّبِ، وَسُلَيْمَانَ بْنَ يَسَارٍ، سُئِلاَ أَتُغَلَّظُ الدِّيَةُ فِي الشَّهْرِ الْحَرَامِ فَقَالاَ لاَ وَلَكِنْ يُزَادُ فِيهَا لِلْحُرْمَةِ . فَقِيلَ لِسَعِيدٍ هَلْ يُزَادُ فِي الْجِرَاحِ كَمَا يُزَادُ فِي النَّفْسِ فَقَالَ نَعَمْ . قَالَ مَالِكٌ أُرَاهُمَا أَرَادَا مِثْلَ الَّذِي صَنَعَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ فِي عَقْلِ الْمُدْلِجِيِّ حِينَ أَصَابَ ابْنَهُ .
Molikka yetib kelishicha, Said ibn al-Musayyab (rahimahulloh) va Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh)dan: «Harom oyda diya ogʻirlashtiriladimi (koʻpaytiriladimi)?» deb soʻralganda, ular: «Yoʻq, lekin (oyning) hurmati uchun unga (biroz) qoʻshiladi», dedilar. Saiddan: «Jon (diyasi)ga qoʻshilgani kabi jarohatlarga ham qoʻshiladimi?» deb soʻralganda, u: «Ha», dedi. Molik aytdi: «Menimcha, ikkovi Umar ibn al-Xattob al-Mudlijiyning diyasida — u oʻgʻliga (qilich) urganida — qilgan ishiga oʻxshashni koʻzda tutgan».