وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ أَعْرَابِيًّا، بَايَعَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى الإِسْلاَمِ فَأَصَابَ الأَعْرَابِيَّ وَعْكٌ بِالْمَدِينَةِ فَأَتَى رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَقِلْنِي بَيْعَتِي . فَأَبَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ جَاءَهُ فَقَالَ أَقِلْنِي بَيْعَتِي . فَأَبَى ثُمَّ جَاءَهُ فَقَالَ أَقِلْنِي بَيْعَتِي . فَأَبَى فَخَرَجَ الأَعْرَابِيُّ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّمَا الْمَدِينَةُ كَالْكِيرِ تَنْفِي خَبَثَهَا وَيَنْصَعُ طِيبُهَا " .
(Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) Bir aʼrobiy Rasululloh ﷺga islom ustiga bayʼat qilgan edi. Soʻng aʼrobiyga Madinada bir isitma (bezgak) yetdi-da, aʼrobiy Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, mening bayʼatimni qaytar (ozod qil)», dedi. Rasululloh ﷺ rad etdilar. Soʻng u (yana) kelib: «Mening bayʼatimni qaytar», dedi. U zot rad etdilar. Soʻng u (yana) kelib: «Mening bayʼatimni qaytar», dedi. U zot (yana) rad etdilar. Bas, aʼrobiy (Madinadan) chiqib ketdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, Madina — koʻrikdek: oʻz iflosini chiqarib tashlaydi, pokini (xushboʻyini) toza qiladi», dedilar.