وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ الْعَلاَءِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ سَأَلْتُ أَبَا سَعِيدٍ الْخُدْرِيَّ عَنِ الإِزَارِ، فَقَالَ أَنَا أُخْبِرُكَ بِعِلْمٍ، سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِزْرَةُ الْمُؤْمِنِ إِلَى أَنْصَافِ سَاقَيْهِ لاَ جُنَاحَ عَلَيْهِ فِيمَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْكَعْبَيْنِ مَا أَسْفَلَ مِنْ ذَلِكَ فَفِي النَّارِ مَا أَسْفَلَ مِنْ ذَلِكَ فَفِي النَّارِ لاَ يَنْظُرُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِلَى مَنْ جَرَّ إِزَارَهُ بَطَرًا " .
Al-Alo ibn Abdurrahmon (rahimahulloh) otasidan rivoyat qilishicha, u shunday dedi: «Men Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan izor (bel kiyimi) haqida soʻradim. U: ‹Men senga ilm bilan xabar beray. Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitganman: ‹Moʻminning izori boldirlarining oʻrtasigacha boʻladi. Uning bilan toʻpiqlar orasidagi (miqdor)da unga gunoh yoʻq. Bundan pastdagisi esa doʻzaxdadir, bundan pastdagisi doʻzaxdadir. Qiyomat kuni izorini kibr bilan sudragan kishiga Alloh qaramaydi››, dedi».