وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ ثَعْلَبَةَ بْنِ أَبِي مَالِكٍ الْقُرَظِيِّ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّهُمْ، كَانُوا فِي زَمَانِ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ يُصَلُّونَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ حَتَّى يَخْرُجَ عُمَرُ فَإِذَا خَرَجَ عُمَرُ وَجَلَسَ عَلَى الْمِنْبَرِ وَأَذَّنَ الْمُؤَذِّنُونَ - قَالَ ثَعْلَبَةُ - جَلَسْنَا نَتَحَدَّثُ فَإِذَا سَكَتَ الْمُؤَذِّنُونَ وَقَامَ عُمَرُ يَخْطُبُ أَنْصَتْنَا فَلَمْ يَتَكَلَّمْ مِنَّا أَحَدٌ . قَالَ ابْنُ شِهَابٍ فَخُرُوجُ الإِمَامِ يَقْطَعُ الصَّلاَةَ وَكَلاَمُهُ يَقْطَعُ الْكَلاَمَ .
Saʼlaba ibn Abu Molik al-Quraziy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, ular Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) zamonida juma kuni Umar chiqquncha namoz oʻqir edilar. Umar chiqib, minbarga oʻtirib, muazzinlar azon aytganda — Saʼlaba aytadi — biz oʻtirib suhbatlashar edik. Muazzinlar jim boʻlib, Umar xutbaga turganda esa quloq solar, hech birimiz gapirmasdik. Ibn Shihob aytdi: «Imomning (xutbaga) chiqishi namozni toʻxtatadi, uning gapirishi esa suhbatni toʻxtatadi».