وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي النَّضْرِ، مَوْلَى عُمَرَ بْنِ عُبَيْدِ اللَّهِ عَنْ مَالِكِ بْنِ أَبِي عَامِرٍ، أَنَّ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ، كَانَ يَقُولُ فِي خُطْبَتِهِ قَلَّمَا يَدَعُ ذَلِكَ إِذَا خَطَبَ إِذَا قَامَ الإِمَامُ يَخْطُبُ يَوْمَ الْجُمُعَةِ فَاسْتَمِعُوا وَأَنْصِتُوا فَإِنَّ لِلْمُنْصِتِ الَّذِي لاَ يَسْمَعُ مِنَ الْحَظِّ مِثْلَ مَا لِلْمُنْصِتِ السَّامِعِ فَإِذَا قَامَتِ الصَّلاَةُ فَاعْدِلُوا الصُّفُوفَ وَحَاذُوا بِالْمَنَاكِبِ فَإِنَّ اعْتِدَالَ الصُّفُوفِ مِنْ تَمَامِ الصَّلاَةِ . ثُمَّ لاَ يُكَبِّرُ حَتَّى يَأْتِيَهُ رِجَالٌ قَدْ وَكَّلَهُمْ بِتَسْوِيَةِ الصُّفُوفِ فَيُخْبِرُونَهُ أَنْ قَدِ اسْتَوَتْ فَيُكَبِّرُ .
Molik ibn Abu Omir (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) oʻz xutbasida — xutba qilganda buni kamdan-kam tark etardi — shunday der edi: «Juma kuni imom xutba qilishga tursa, quloq solinglar va jim turinglar. Chunki jim quloq solib turib eshitmagan kishiga ham, jim quloq solib eshitgan kishiga oʻxshash nasiba bordir. Namozga iqoma aytilsa, saflarni tekislanglar va yelkalarni barobar qilinglar, zero saflarning tekisligi namozning kamolidandir». Soʻng u saflarni tekislashga tayinlagan kishilar kelib, saflar tekislanganini xabar qilmaguncha takbir aytmasdi, keyin takbir aytardi.