وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ أَبِي عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ بَلَغَهَا أَنَّ أَهْلَ بَيْتٍ فِي دَارِهَا كَانُوا سُكَّانًا فِيهَا وَعِنْدَهُمْ نَرْدٌ فَأَرْسَلَتْ إِلَيْهِمْ لَئِنْ لَمْ تُخْرِجُوهَا لأُخْرِجَنَّكُمْ مِنْ دَارِي وَأَنْكَرَتْ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ .
Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, unga uyidagi bir xonadonda — ular oʻsha yerda yashab turgan edilar — nard borligi haqida xabar yetdi. Shunda u ularga: «Agar uni chiqarib tashlamasangiz, sizlarni uyimdan chiqaraman», deb (odam) yubordi va bu (ish)ni ularga inkor qildi (qoraladi).