وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَزِيدَ اللَّيْثِيِّ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، . أَنَّ نَاسًا، مِنَ الأَنْصَارِ سَأَلُوا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَعْطَاهُمْ ثُمَّ سَأَلُوهُ فَأَعْطَاهُمْ حَتَّى نَفِدَ مَا عِنْدَهُ ثُمَّ قَالَ " مَا يَكُونُ عِنْدِي مِنْ خَيْرٍ فَلَنْ أَدَّخِرَهُ عَنْكُمْ وَمَنْ يَسْتَعْفِفْ يُعِفَّهُ اللَّهُ وَمَنْ يَسْتَغْنِ يُغْنِهِ اللَّهُ وَمَنْ يَتَصَبَّرْ يُصَبِّرْهُ اللَّهُ وَمَا أُعْطِيَ أَحَدٌ عَطَاءً هُوَ خَيْرٌ وَأَوْسَعُ مِنَ الصَّبْرِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, ansorlardan baʼzi kishilar Rasululloh ﷺ dan (biror narsa) soʻradilar, u zot ularga berdilar. Soʻng yana soʻradilar, u zot yana berdilar — toki oldilaridagi (bor) narsa tugab qoldi. Soʻng u zot: «Menda boʻlgan har qanday yaxshilik (mol)ni sizlardan (asrab) yigʻib qoʻymayman. Kim iffatli boʻlishga (haromdan tiyilishga) intilsa, Alloh uni iffatli qiladi; kim (odamlardan) beniyoz boʻlishga intilsa, Alloh uni boy qiladi; kim sabrli boʻlishga urinsa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra yaxshiroq va kengroq ato berilmagan», dedilar.