وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ سُلَيْمَانَ بْنِ أَبِي حَثْمَةَ، أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، فَقَدَ سُلَيْمَانَ بْنَ أَبِي حَثْمَةَ فِي صَلاَةِ الصُّبْحِ وَأَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ غَدَا إِلَى السُّوقِ - وَمَسْكَنُ سُلَيْمَانَ بَيْنَ السُّوقِ وَالْمَسْجِدِ النَّبَوِيِّ - فَمَرَّ عَلَى الشِّفَاءِ أُمِّ سُلَيْمَانَ فَقَالَ لَهَا لَمْ أَرَ سُلَيْمَانَ فِي الصُّبْحِ فَقَالَتْ إِنَّهُ بَاتَ يُصَلِّي فَغَلَبَتْهُ عَيْنَاهُ . فَقَالَ عُمَرُ لأَنْ أَشْهَدَ صَلاَةَ الصُّبْحِ فِي الْجَمَاعَةِ أَحَبُّ إِلَىَّ مِنْ أَنْ أَقُومَ لَيْلَةً .
Abu Bakr ibn Sulaymon ibn Abu Hasma (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) bomdod namozida Sulaymon ibn Abu Hasmani (yoʻqligini) sezdi. Umar ibn al-Xattob bozorga chiqdi — Sulaymonning uyi bozor bilan Masjidi Nabaviy orasida edi. U Sulaymonning onasi Shifo (roziyallohu anho)ning yonidan oʻtib, unga: «Men Sulaymonni bomdodda koʻrmadim», dedi. U ayol: «U tunni namoz oʻqib oʻtkazgan edi, koʻzi (uyqu) gʻolib kelib (uxlab qoldi)», dedi. Umar: «Bomdod namoziga jamoat bilan hozir boʻlishim menga bir kechani (bedor) namoz oʻqib chiqishimdan koʻra maʼqulroqdir», dedi.