وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي عَمْرَةَ الأَنْصَارِيِّ، أَنَّهُ قَالَ جَاءَ عُثْمَانُ بْنُ عَفَّانَ إِلَى صَلاَةِ الْعِشَاءِ فَرَأَى أَهْلَ الْمَسْجِدِ قَلِيلاً فَاضْطَجَعَ فِي مُؤَخَّرِ الْمَسْجِدِ يَنْتَظِرُ النَّاسَ أَنْ يَكْثُرُوا فَأَتَاهُ ابْنُ أَبِي عَمْرَةَ فَجَلَسَ إِلَيْهِ فَسَأَلَهُ مَنْ هُوَ فَأَخْبَرَهُ فَقَالَ مَا مَعَكَ مِنَ الْقُرْآنِ فَأَخْبَرَهُ . فَقَالَ لَهُ عُثْمَانُ مَنْ شَهِدَ الْعِشَاءَ فَكَأَنَّمَا قَامَ نِصْفَ لَيْلَةٍ وَمَنْ شَهِدَ الصُّبْحَ فَكَأَنَّمَا قَامَ لَيْلَةً .
Abdurrahmon ibn Abu Amra al-Ansoriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: «Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) xufton namoziga keldi va masjid ahli oz ekanini koʻrib, odamlar koʻpayishini kutib, masjidning orqa tomonida yonboshladi. Shunda Ibn Abu Amra uning oldiga kelib, uning yoniga oʻtirdi. U (Usmon) undan kimligini soʻradi, u ham (kimligini) aytdi. U: ‹Qurʼondan (yodingda) nima bor?› dedi, u ham aytib berdi. Shunda Usmon unga: ‹Kim xuftonga hozir boʻlsa, u goʻyo yarim kecha (namozda) turgandek boʻladi, kim bomdodga hozir boʻlsa, goʻyo bir kecha (namozda) turgandek boʻladi›, dedi».