وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ، أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَرَادَ أَنْ يَسِيرَ يَوْمَهُ جَمَعَ بَيْنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ وَإِذَا أَرَادَ أَنْ يَسِيرَ لَيْلَهُ جَمَعَ بَيْنَ الْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ .
Molikka Ali ibn Husayn (rahimahulloh)dan yetib kelishicha, u shunday der edi: «Rasululloh ﷺ kunduzi yurmoqchi boʻlsalar, peshin bilan asrni jam qilardilar; kechasi yurmoqchi boʻlsalar, shom bilan xuftonni jam qilardilar».