وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ صَفْوَانَ، أَنَّهُ قَالَ جَاءَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ يَعُودُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ صَفْوَانَ فَصَلَّى لَنَا رَكْعَتَيْنِ ثُمَّ انْصَرَفَ فَقُمْنَا فَأَتْمَمْنَا .
Safvondan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: «Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) Abdulloh ibn Safvonni koʻrgani keldi va bizga (imomlik qilib) ikki rakaat oʻqidi, soʻng ketdi. Biz esa turib, (namozni) toʻliq oʻqidik».