وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَمِّهِ أَبِي سُهَيْلِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ كُنْتُ مَعَ عُثْمَانَ بْنِ عَفَّانَ فَقَامَتِ الصَّلاَةُ وَأَنَا أُكَلِّمُهُ، فِي أَنْ يَفْرِضَ، لِي فَلَمْ أَزَلْ أُكَلِّمُهُ وَهُوَ يُسَوِّي الْحَصْبَاءَ بِنَعْلَيْهِ حَتَّى جَاءَهُ رِجَالٌ قَدْ كَانَ وَكَلَهُمْ بِتَسْوِيَةِ الصُّفُوفِ . فَأَخْبَرُوهُ أَنَّ الصُّفُوفَ قَدِ اسْتَوَتْ فَقَالَ لِي اسْتَوِ فِي الصَّفِّ . ثُمَّ كَبَّرَ .
Abu Suhaylning otasidan rivoyat qilinishicha, u dedi: «Men Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) bilan birga edim. Namozga iqomat aytildi, men esa u bilan menga (nafaqa) belgilashi haqida gaplashayotgan edim. Men u bilan gaplashishda davom etardim, u esa mayda toshlarni oyoq kiyimi bilan tekislardi. Nihoyat u saflarni toʻgʻrilashga topshirgan kishilar kelib, saflar toʻgʻrilanganini unga xabar qilishdi. Shunda u menga: ‹Safda tekis tur›, dedi. Soʻng takbir aytdi.»