وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ رَبِيعَةَ بْنِ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ إِذَا جَاءَ الْمَسْجِدَ - وَقَدْ صَلَّى النَّاسُ - بَدَأَ بِصَلاَةِ الْمَكْتُوبَةِ وَلَمْ يُصَلِّ قَبْلَهَا شَيْئًا .
Rabiʼa ibn Abu Abdurrahmondan rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) masjidga kelganda odamlar (allaqachon) namoz oʻqib boʻlgan boʻlsa, farz namozdan boshlar va undan oldin hech narsa oʻqimas edi.