وَعَن عُثْمَان رَضِي الله عَنهُ أَنه إِذَا وَقَفَ عَلَى قَبْرٍ بَكَى حَتَّى يَبُلَّ لِحْيَتَهُ فَقِيلَ لَهُ تُذْكَرُ الْجَنَّةُ وَالنَّارُ فَلَا تَبْكِي وَتَبْكِي مِنْ هَذَا فَقَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الْقَبْرَ أَوَّلُ مَنْزِلٍ مِنْ مَنَازِلِ الْآخِرَةِ فَإِنْ نَجَا مِنْهُ فَمَا بَعْدَهُ أَيْسَرُ مِنْهُ وَإِنْ لَمْ يَنْجُ مِنْهُ فَمَا بَعْدَهُ أَشَدُّ مِنْهُ قَالَ وَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَا رَأَيْت منْظرًا قطّ إِلَّا الْقَبْر أَفْظَعُ مِنْهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ. وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ هَذَا حَدِيث غَرِيب
Usmonning ozod qilingan quli Honiy aytadi: Usmon (roziyallohu anhu) bir qabr ustida toʻxtasa, soqoli hoʻl boʻlguncha yigʻlardi. Unga: «Jannat va doʻzax eslanganda yigʻlamaysan-u, bundan (qabrdan) yigʻlaysanmi?» deyildi. Shunda u: «Albatta, Rasululloh ﷺ: ‹Qabr — oxiratning birinchi manzilidir. Agar (banda) undan najot topsa, undan keyingisi yengilroqdir; agar undan najot topmasa, undan keyingisi qattiqroqdir›, dedilar», dedi. Va: «Rasululloh ﷺ: ‹Men hech qachon bir manzarani koʻrmadimki, qabr undan dahshatliroq boʻlmasin›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, uni faqat Hishom ibn Yusuf hadisi orqaligina bilamiz.