وَعَن عُثْمَان رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ دَفْنِ الْمَيِّتِ وَقَفَ عَلَيْهِ فَقَالَ: «اسْتَغْفِرُوا لِأَخِيكُمْ ثُمَّ سَلُوا لَهُ بِالتَّثْبِيتِ فَإِنَّهُ الْآنَ يُسْأَلُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibrohim ibn Muso ar-Roziy bizga Hishomdan, u Abdulloh ibn Bahirdan, u Usmonning ozod qilgan quli Honiʼdan, u Usmon ibn Affondan rivoyat qildi. U (Usmon roziyallohu anhu) shunday dedi: Nabiy ﷺ mayyitni dafn etishdan farogʻat topganlarida, uning (qabri) ustida toʻxtab: «Birodaringiz uchun magʻfirat soʻranglar va unga (savol-javobda) sobit-qadam boʻlishini tilanglar, chunki u hozir savol qilinmoqda», der edilar. Abu Dovud dedi: Bahirning toʻliq ismi Bahir ibn Raysondir.