وَعَنْ أَبِي مُوسَى قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّمَا مَثَلِي وَمَثَلُ مَا بَعَثَنِي اللَّهُ بِهِ كَمَثَلِ رَجُلٍ أَتَى قَوْمًا فَقَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي رَأَيْتُ الْجَيْشَ بِعَيْنِي وَإِنِّي أَنَا النَّذِيرُ الْعُرْيَانُ فَالنَّجَاءَ النَّجَاءَ فَأَطَاعَهُ طَائِفَةٌ مِنْ قَوْمِهِ فَأَدْلَجُوا فَانْطَلَقُوا عَلَى مَهْلِهِمْ فَنَجَوْا وَكَذَّبَتْ طَائِفَةٌ مِنْهُمْ فَأَصْبَحُوا مَكَانَهُمْ فَصَبَّحَهُمُ الْجَيْشُ فَأَهْلَكَهُمْ وَاجْتَاحَهُمْ فَذَلِكَ مَثَلُ مَنْ أَطَاعَنِي فَاتَّبَعَ مَا جِئْتُ بِهِ وَمثل من عَصَانِي وَكذب بِمَا جِئْتُ بِهِ مِنَ الْحَقِّ»
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Mening va Alloh meni (yuborib) qoʻlimga bergan narsaning misoli bir qavmga kelib: ‹Ey qavmim, men dushman lashkarini oʻz koʻzim bilan koʻrdim, men ochiq-oydin ogohlantiruvchidirman, qutuling!› degan kishining misoliga oʻxshaydi. Shunda qavmidan bir toifa unga itoat qilib, tunda yoʻlga chiqishdi va shoshilmasdan ketib, najot topishdi. Bir toifa esa uni yolgʻonchiga chiqarib, oʻz joylarida qolishdi. Ertalab lashkar ularning ustiga bostirib kelib, ularni halok qilib, butunlay qirib tashladi. Bu menga itoat qilib, men keltirgan narsaga ergashgan kishining hamda menga osiy boʻlib, men keltirgan haqni yolgʻonga chiqargan kishining misolidir», dedilar.