وَعَنْ جَابِرٌ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ أَتَاهُ عُمَرُ فَقَالَ إِنَّا نَسْمَعُ أَحَادِيثَ مِنْ يَهُودَ تُعْجِبُنَا أَفْتَرَى أَنْ نَكْتُبَ بَعْضَهَا؟ فَقَالَ: «أَمُتَهَوِّكُونَ أَنْتُمْ كَمَا تَهَوَّكَتِ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى؟ لَقَدْ جِئْتُكُمْ بِهَا بَيْضَاءَ نَقِيَّةً وَلَوْ كَانَ مُوسَى حَيًّا مَا وَسِعَهُ إِلَّا اتِّبَاعِي» . رَوَاهُ أَحْمد وَالْبَيْهَقِيّ فِي كتاب شعب الايمان
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Umar (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Biz yahudiylardan bizni hayratga soladigan baʼzi hadislarni eshityapmiz, ularning baʼzisini yozib olsak boʻladimi?» dedi. U zot: «Nasroniylar va yahudiylar adashib-shoshib qolganidek, sizlar ham shoshib qoldingizmi? Men uni sizlarga oppoq va tiniq holida keltirdim. Agar Muso tirik boʻlganida, unga menga ergashishdan boshqa yoʻl boʻlmas edi», dedilar. Ahmad va Bayhaqiy Shuʼabul iymonda rivoyat qilgan.