وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ أَكَلَ طَيِّبًا وَعَمِلَ فِي سُنَّةٍ وَأَمِنَ النَّاسُ بَوَائِقَهُ دَخَلَ الْجَنَّةَ فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِن هَذَا الْيَوْم لكثيرفي النَّاسِ قَالَ: «وَسَيَكُونُ فِي قُرُونٍ بَعْدِي» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim halol (poking) yesa, sunnatga muvofiq amal qilsa va odamlar uning yomonligidan omon boʻlsalar, jannatga kiradi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning Rasuli! Bu (sifat) bugun odamlar orasida koʻpdir», dedi. U zot: «Mendan keyingi asrlarda ham shunday boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, uni faqat shu yoʻldan, Isroilning rivoyatidan bilamiz. Men Muhammad ibn Ismoildan bu hadis haqida soʻradim, u faqat Isroilning rivoyatidan bilarkan va Abu Bishrning ismini bilmas ekan.