وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّكُم فِي زمَان تَرَكَ مِنْكُمْ عُشْرَ مَا أُمِرَ بِهِ هَلَكَ ثُمَّ يَأْتِي زَمَانٌ مَنْ عَمِلَ مِنْهُمْ بِعُشْرِ مَا أَمر بِهِ نجا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Albatta, sizlar shunday zamondasizki, sizlardan kim buyurilgan narsaning oʻndan birini tark etsa, halok boʻladi. Soʻng shunday zamon keladiki, ulardan kim buyurilgan narsaning oʻndan biriga amal qilsa, najot topadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Nuaym ibn Hammodning Sufyon ibn Uyaynadan qilgan hadisidan bilamiz. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Abu Zar va Abu Saiddan ham (rivoyat) bor.