عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيُّ الذَّنْبِ أَكْبَرُ عِنْدَ اللَّهِ قَالَ أَنْ تَدْعُوَ لِلَّهِ نِدًّا وَهُوَ خَلَقَكَ قَالَ ثُمَّ أَيٌّ قَالَ ثمَّ أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ خَشْيَةَ أَنْ يَطْعَمَ مَعَكَ قَالَ ثمَّ أَي قَالَ ثمَّ أَن تُزَانِي بحليلة جَارك فَأنْزل الله عز وَجل تَصْدِيقَهَا (وَالَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَا يزنون وَمن يفعل ذَلِك يلق أثاما) الْآيَة
(Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Bir kishi: «Yo Rasululloh, Allohning nazdida qaysi gunoh eng katta?» dedi. U zot: «Seni yaratgan boʻla turib, Allohga sherik (teng) chaqirishing (deb daʼvo qilishing)», dedilar. U: «Soʻng qaysi?» dedi. U zot: «Soʻng — sen bilan birga ovqatlanadi degan (qoʻrquv) sababli farzandingni oʻldirishing», dedilar. U: «Soʻng qaysi?» dedi. U zot: «Soʻng — qoʻshningning ayoli bilan zino qilishing», dedilar. Bas, Alloh azza va jalla buni tasdiqlab (mana shu oyatni) nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa ilohga ibodat qilmaydilar; Alloh harom qilgan jonni — haqli (sabab)dan boshqa (holda) — oʻldirmaydilar va zino qilmaydilar. Kim shularni qilsa, (ogʻir) jazoga yoʻliqadi» (Furqon surasi, 68-oyat va undan keyingisi).