وَعَن سهل بن سَعِيدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الْعَبْدَ لَيَعْمَلُ عَمَلَ أَهْلِ النَّارِ وَإِنَّهُ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ وَيَعْمَلُ عَمَلَ أَهْلِ الْجنَّة وَإنَّهُ من أهل النَّار وَإِنَّمَا الْعمَّال بالخواتيم»
(Sahl (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Paygʻambar ﷺ bilan (birga) qatnashgan bir gʻazotda, musulmonlar (foydasi) uchun (dushmanga qarshi) eng katta jonbozlik koʻrsatgan bir kishi (bor edi). Paygʻambar ﷺ (unga) qarab: «Kim doʻzax ahlidan bir kishiga qaramoqchi boʻlsa, mana shunga qarasin», dedilar. Shunda qavmdan bir kishi unga (oʻsha jangchiga) ergashdi — u (jangchi hamon) mushriklarga (qarshi) eng qattiq (kurashayotgan) holatda edi — toki u jarohatlandi va oʻlimni shoshiltirib, qilichining tigʻini (damini) ikki koʻkragi orasiga qoʻyib (bosdi), toki (qilich) ikki yelkasi orasidan chiqib ketdi. Soʻng oʻsha kishi Paygʻambar ﷺ tomon shoshilib kelib: «Men sizning Allohning Rasuli ekaningizga guvohlik beraman», dedi. U zot: «Bu nima (uchun)?» dedilar. U: «Siz falonchi haqida: ‹Kim doʻzax ahlidan bir kishiga qaramoqchi boʻlsa, unga qarasin› dedingiz; holbuki u — musulmonlar (foydasi) uchun bizning eng katta jonbozlarimizdan edi; men uning bunday (holatda — shahid) oʻlmasligini bildim (sezdim). Bas, u jarohatlanganda, oʻlimni shoshiltirib, oʻzini oʻldirdi», dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Albatta banda doʻzax ahlining amalini qiladi, holbuki u jannat ahlidandir; va (banda) jannat ahlining amalini qiladi, holbuki u doʻzax ahlidandir. Albatta amallar (savobi) faqat oxiri (xotimasi) bilandir», dedilar.