عَن عَائِشَة أم الْمُؤمنِينَ قَالَتْ: «دُعِيَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى جِنَازَةِ صَبِيٍّ مِنَ الْأَنْصَارِ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ طُوبَى لِهَذَا عُصْفُورٌ مِنْ عَصَافِيرِ الْجَنَّةِ لَمْ يَعْمَلِ السُّوءُ وَلَمْ يُدْرِكْهُ قَالَ أَوَ غَيْرُ ذَلِكِ يَا عَائِشَةُ إِنَّ اللَّهَ خَلَقَ لِلْجَنَّةِ أَهْلًا خَلَقَهُمْ لَهَا وَهُمْ فِي أَصْلَابِ آبَائِهِمْ وَخَلَقَ لِلنَّارِ أَهْلًا خَلَقَهُمْ لَهَا وهم فِي أصلاب آبَائِهِم» . رَوَاهُ مُسلم
Moʻminlar onasi Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ ansorlardan boʻlgan bir bolaning janozasiga chaqirildilar. Men: ‹Yo Rasululloh, bunga xush boʻlsin, u jannat qushchalaridan bir qushcha; u yomonlik qilmadi va (yomonlik qiladigan yoshga) yetmadi ham›, dedim. U zot: ‹Yoxud undan boshqacha boʻlsa-chi, ey Oisha? Albatta, Alloh jannat uchun bir ahlni yaratgan, ular otalarining pushtida ekan, ularni oʻsha (jannat) uchun yaratgan. Va doʻzax uchun bir ahlni yaratgan, ular otalarining pushtida ekan, ularni oʻsha (doʻzax) uchun yaratgan›, dedilar».